Ishtixon va Paxtachi tuman hokimlari hududda xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 12-fevral kuni Ichki ishlar vazirligi hay’atining kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishida hududiy hokimlar tomonidan har oyda profilaktika inspektorlari bilan uchrashib, ularning muammoli masalalari bo‘yicha takliflarini qabul qilish uchun shaxsan suhbat o‘tkazish amaliyoti joriy etish vazifasi belgilangan.
Shunga ko‘ra, Ishtixon va Paxtachi tuman hokimlari hududda xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari bilan uchrashib, ularning muammo va masalalarini tingladi.
Shuningdek, uchrashuv asnosida hududlardagi kriminogen vaziyat tahlil etilib, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar o‘rtaga tashlandi.
Olib borilayotgan har bir islohotlar zamirida hudud tinchligi va osoyishtaligiga birlamchi maqsad sifatida qaralayotganligi alohida e’tirof etildi.
Uchrashuv davomida xodimlarga zamonaviy kompyuter jamlanmalari topshirildi.