20 May 2024 yil 1651

Ijaraga berilgan yer maydonini 36 ming AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Joriy yilning 13-may kuni Samarqand viloyati IIB Tezkor-qidiruv xizmati Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorligida Samarqand shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.

1993-yilda tug‘ilgan Payariq tumanidagi mahallalardan birida yoshlar yetakchisi lavozimida ishlagan E.Sh. ariza muallifiga Payariq tumani Al-Buxoriy mahallasi hududida joylashgan 4 nafar qarindoshiga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun 30 yilga ijaraga berilgan jami 2,10 gektar sug‘oriladigan yer maydonini 36 ming AQSh dollariga sotishini va hujjatlarini uning nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 20 ming AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.      

Holat yuzasidan O‘zbeksiton Respublikasi JKning 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Text to speech