Ijtimoiy tarmoqlarda ayollarni oʻzaro janjallashgani aks etgan video yuzasidan
Urgut tumani “Navbogʻ” mahallasida yashab kelayotgan fuqaro M.D., Toyloq tumanida yashovchi fuqaro X.N. bilan oʻrtalarida davom etib kelayotgan oʻzaro kelishmovchilik sababli uning shaʼnini obroʻsizlantirish maqsadida 2022-yil 15-sentyabr kuni Urgut tumani “Navbogʻ” mahallasida joylashgan “Paynet” shahobchasida oʻzining qoʻl telefonidan “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmogʻida X.N. nomidan profil yaratib, unda fuqaro X.N. ni fotosuratini joylashtirib, shaʼni va qadr qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlab, haqorat qilgan.
Fuqaro X.N. holatdan xabar topgach opalari bilan birga, 15.09.2022-yil fuqaro M.D.ning ishxonasiga kelib, uni turli hildagi nojuya soʻzlar bilan haqorat qilib, urib, unga nisbatan tan jarohati yetkazishgan.
Fuqaro M.D. oʻzining koʻrsatmasida ushbu ayollar uning boʻynidagi tilla zanjirini olib ketishganligini koʻrsatgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan qoʻzgʻatilgan.
Tergov harakatlari davomida, hodisa joyidagi videotasvirlar oʻrganilganda X.N. hamda uning opalari fuqaro M.D. ni urganligi aks etgan, ammo uning boʻynida boʻlgan bir dona ayollar tilla zanjirini olganlik holati yoʻqligi aniqlangan.
Tergov harakalari davomida fuqaro X.N. va boshqalarning harakatlarida Oʻzbekiston Respublikasi JKning 166 va 277-moddalarida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari aniqlanmaganligi sababli jinoyat ishining ularga nisbatan qismi harakatdan tugatilgan.
Biroq, fuqaro M.D. ni tilla zanjiri yoʻqolganlik holati hamda fuqaro opalariga nisbatan boʻlgan qismi ularning harakatlarida Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 41 va 52-moddalarida koʻrsatilgan maʼmuriy huquqbuzarlik alomatlari borligini inobatga olib, jinoyat ishidan alohida ajratilib, tegishliliga boʻyicha Urgut tumani IIB
1-son IIBga qonuniy qaror qabul qilishlik uchun yuborilgan.
Mazkur jinoyat ishi boʻyicha 28.01.2023-yilda M.D. ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 140-moddasi 2-qismi bilan ayblov eʼlon qilinib, jinoyat ishi JIB Urgut tuman sudiga yuborilgan.
JIB Urgut tuman sudining 14.02.2023-yildagi hukmi bilan M.D. Oʻzbekiston Respublikasi JKning 140-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topilib, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari miqdorida, jarima jazosi tayinlangan.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati