23 Dekabr 2021 yil 636

“YHXB Yoʻl-patrul xizmati otryadi mobil qurilmalardan foydalanish guruhi haydovchi-operatori” lavozimiga qabul qilinganlar bilan xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilish yuzasidan suhbat oʻtkazildi

Xabaringiz bor joriy yilning 18-noyabridan 23-noyabr kuniga qadar Samarqand viloyati IIB “YHXB Yoʻl-patrul xizmati otryadi mobil qurilmalardan foydalanish guruhi haydovchi-operatori” lavozimlariga tanlov eʼlon qilingan edi.

Eʼlonga asosan oliy taʼlim muassasalarining “Axborot kommunikatsiya texnologiyalari, aloqa” yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislikka ega boʻlgan 65 nafar nomzod murojaat qildi.

Mazkur nomzodlardan umumjismoniy tayyorgarlik darajasini baholash hamda individual-psixologik hususiyatlarini oʻrganish boʻyicha Samarqand viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan sinovlar qabul qilindi. Ushbu sinovlardan 42 nafar nomzod muvaffaqiyatli oʻtdi.

Hozirgi kunda ushbu nomzodlarga tegishli hujjatlarini rasmiylashtirish davomida ularni xizmatga yaroqlilik darajasini aniqlash maqsadida harbiy-tibbiy komissiyaga yoʻllanma berilgan.

Ushbu nomzodlar orasidan 29 nafari harbiy-tibbiy komissiya tomonidan xizmatga yaroqli deb topilgach IIVning tegishli buyruq talablari asosida yakuniy tanlov oʻtkazildi.

Tanlov yakuniga koʻra IIOlariga qabul qilingan 10 nafar xodimlarga viloyat IIB boshligʻining oʻrinbosari F.Raxmatov, IIV SHXBB Samarqand viloyati boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik E.Majidovlar tomonidan xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilish yuzasidan suhbat oʻtkazilib, yoʻriqnomalar berildi.

Text to speech