12 Avgust 2021 yil 992

“Jinoyatchilikka qarshi kurash” tezkor profilaktik oyligi

Samarqand viloyati IIBning “Jinoyatchilikka qarshi kurash” tezkor profilaktik oyligini oʻtkazish borasidagi chora-tadbirlar rejasiga asosan, viloyat hududida uyushgan jinoyatchilik va giyohvand vositalarini tarqalishini oldini olish boʻyicha joriy yilning 11-avgust kuni Nurobod tumanida istiqomat qiluvchi 15 nafar fuqarolarning yashash xonadonlarida tintuv tergov harakatlari oʻtkazildi.

Nurobod tumani “Ulus” qishlogʻida yashovchi y.t. S.B. ning yashash xonadonining yer toʻla qismidan 1 dona tegishli hujjatlarsiz pnevmatik qurol mavjudligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan.

Nurobod tumani “Oqsoy” mahallasida yashovchi 1964-y.t D.E. ning yashash uyida oʻtkazilgan tintuv tergov harakati davomida har xil turdagi dori darmonlar va bir dona qoʻl bola usulda yasalgan pichoq, taxminan ogʻirligi 15 gramm boʻlgan, 2 ta qogʻozga qadoqlangan yashil rangli quruq xoldagi oʻtkir hidli marixuana moddasi hamda ushbu marixuana giyohvand moddasini isteʼmol qilish uchun yasalgan 0,5 litr hajmdagi baklashka aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan.

Nurobod tumani “Tegirmon boshi” MFYda yashovchi 1988-y.t. X.M. ning yashash xonadonidan“Margulina” oʻq otar quroliga tegishli patronlar hamda taxminan 13 grammda oq qogʻozga qadoqlangan yashil rangli quruq xoldagi oʻtkir hidli marixuana moddasi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan.

Nurobod tumani “Omandara” MFYda yashovchi 1972-y.t X.X. ning yashash uyi va yordamchi xoʻjaliklarida oʻtkazilgan tintuv tergov harakati davomida taxminan 6 gramm miqdorda oq qogʻozga qadoqlangan yashil rangli quruq xoldagi oʻtkir hidli marixuana moddasi va 2 ta elektron tarozi uskunasi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan.

Nurobod tumani “Oqsoy” mahallasida yashovchi 1983-y.t.T.E. ning yashash uyida xoʻjaligida oʻtkazilgan tintuv tergov harakati davomida metal buyumlarni izlash uskunasi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan.

Nurobod tumani Sazagʻon MFY Sazagʻon qishlogʻida yashovchi 1970-y.t R.N. ning yashash uyi va yordamchi xoʻjaliklarida oʻtkazilgan tintuv tergov harakati davomida 4 nusxada diniy mazmundagi yozuvlar aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan.

Oylik doirasidagi tezkor-profilaktik tadbirlar davom etmoqda.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech