24 Mart 2024 yil 196

YO‘L QOIDASI – UMR FOYDASI

Narpay tumanida IIB YPX xodimlari tomonidan yo‘l transport hodisalarini oldini olish maqsadida reyd tadbirlari olib borilmoqda. Aniqlangan qoidabuzarliklar yuzasidan tegishli tartibda bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda.

Shu o‘rinda hurmatli haydovchilarga shuni taʼkidlashni lozim topdik. Svetoforning qizil chirog‘i, yo‘llarni bezash yoki yoritish uchun emas, harakat xavfsizligini taʼminlagan holda, yo‘llarni tartibga keltirish uchun o‘rnatiladi. Buni ayrim qo‘shtirnoq ichidagi "aqlli va eng zo‘r" haydovchilar inobatga olib yo‘l qoidalariga amal qiladi degan umiddamiz.

Negaki, qandaydir sababga ko‘ra qilingan bir qonunbuzarlik, ehtiyotsizlik oqibatida boshqasiga debocha bo‘lishi hech gap emas.

Xuddi shunday holat mazkur reyd tadbiri davomida ham kuzatildi. voyaga yetmagan bir guruh o‘spirinlar avtomashina boshqaruvida kelayotib, YPX xodimlariga duch kelishdi. Ulardan qochishga urinish oqibati esa, boshqa bir avtomashinaga zarar yetkazish bilan yakun topdi.

Ushbu tadbirlardan ko‘zlangan asosiy maqsad esa, inson salomatligi va xavfsizligini taʼminlashdir.

Hurmatli fuqarolar! Siz ham bu kabi ishlarga befarq bo‘lmang. Yo‘l harakati qoidalariga amal qiling. voyaga yetmagan bolalarga mashina rulini ishonib topshirmang. "Uning ko‘nglini ko‘taray" - deb ko‘ngilsizlikka sababchi bo‘lib qolmang.

Text to speech