20 Sentyabr 2022 yil 628

YPX xodimlarining qonuniy talabiga boʻysunmagan haydovchi ushlanib, unga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

2022-yil 19-sentyabr kuni soat 07:35 larda Samarqand tumani U.Samiyeva koʻchasida qora rangli, VAZ-2108 rusumli, davlat raqam belgisiz transport vositasi haydovchisi shu koʻchada xizmat olib borayotgan YPX ispektorining toʻxtash ishorasiga boʻysunmasdan, keskin harakatlar bilan, qochib ketgan.

Zudlik bilan huquqbuzarni ushlash choralari koʻrilib, transport vositasi toʻxtatilib, koʻzdan kechirilganda, transport vositasini qayd etuvchi meʼyoriy hujjatlari yoʻqligi, davlat raqam belgisini oʻzboshimchalik bilan yechib olinganligi, oyna tuslarini ruxsatnomasiz qoraytirganligi, Nexia-2 rusumli transport vositasiga tegishli boʻlgan dvigatel va turbo kompressor oʻrnatib olganligi, ovoz soʻndirgich qismiga oʻzgartirish kiritganligi aniqlanib, haydovchiga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Hozirda haydovchiga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Qoidalarni hurmat qiling!

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech