8 Oktyabr 2021 yil 667

YTH yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

2021-yilning 7-sentyabr kuni soat 21:30 larda Narpay tumani hududidan oʻtuvchi M-37 avtomobil yoʻlining 85-km.da haydovchi Sh.A. boshqaruvichdagi “Neksiya” rusumli transport vositasi haydovchi T.A. boshqaruvidagi “Labo” rusumli mashinaning ortidan kelib urishi natijasida, “Labo” ichida boʻlgan haydovchi hamda yoʻlovchi sifatida ketayotgan M.X.lar jarohat olib tibbiyot birlashmasiga murojaat qilishgan.

Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech