14 Dekabr 2023 yil
1018
Katta miqdorda noqonuniy pirotexnika vositalarini saqlab kelayotgan shaxslar qo‘lga olindi
Samarqand viloyati IIB TQX JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi va DXX viloyat boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida Samarqand shahar Xo‘jagunjoish MFYda yashovchi 1990-yilda tug`ilgan T.F. ismli shaxs qarindoshi S.R. qarashli bo‘lgan Samarqand shahar Galaosiyo mahallasida joylashgan xonadonda sotish maqsadida jami 21 turdagi 1 ming 903 dona, taxminiy bahosi 1 mlrd soʻm boʻlgan pirotexnika vositalarini yashirin ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu pirotexnika vositalari ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.