23 Avgust 2021 yil 647

Kattaqoʻrgʻon shahrida profilaktika inspektorlariga xizmatda foydalanish uchun zarur boʻlgan moddiy-texnik jihozlari topshirildi

Bugun jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish va mahallalarda tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashda profilaktika inspektorlarining xizmatlari beqiyos boʻlmoqda. Samarali faoliyat uchun esa moddiy texnika bazaning talab darajasida boʻlishi muhim hisoblanadi. Keyingi yillarda respublika miqyosida bu borada amaliy ishlar olib borildi.

Yaqinda shahar hokimligi tomonidan ham shahar IIB profilaktika inspektorlari ish faoliyatini yaxshilash maqsadida xizmat xonalari uchun moddiy-texnik jihozlar olib berildi.

Tadbirda soʻz olgan shahar hokimi Gavhar Alimova mahallalarni obod va xavfsiz hududga aylantirish, aholi tinchligi va xavfsizligini taʼminlash profilaktika inspektorlarining birinchi galdagi vazifasi ekanligini, albatta bugungi berilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan shart-sharoitlar ularni kelgusida oʻz vazifalariga yanada masʼuliyat bilan yondashishga undashini taʼkidladi.

Shu kuni reyting koʻrsatkichi yuqori boʻlgan “Oʻrikzor, “Damariq”, “Haydarchaman”, Alisher Navoiy va Usmon Nosir mahallalari raislariga ham shahar hokimining tashakkurnomasi hamda jihozlar taqdim etildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi Axborot xizmati

Text to speech