Kattaqoʻrgʻonda muddatli harbiy xizmatga yuborishi evaziga 300 AQSH dollari talab qilgan shaxs ushlandi
2023-yil 30-mart kuni huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga Kattaqoʻrgʻon tumanida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, muddatli harbiy xizmatga yuborishga masʼul boʻlgan shaxslardan biri uning oʻgʻlini 300 AQSH dollari evaziga harbiy xizmatga joʻnatishini, oldindan 2. 000.000 soʻmini olib, yana 1. 420.000 soʻmini pora tariqasida talab qilayotganligini maʼlum qilib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.
Mazkur arizaga asosan, joriy yilning 28-mart kuni Samarqand viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida masʼul shaxs ariza muallifidan 1.420 000 ming soʻm miqdoridagi pullarni pora tariqasida olayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan qoʻlga olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Demartamentning Kattaqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan fuqaroga nisbatan Oʻz.R.JKning tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.