Kattaqoʻrgʻonda voyaga yetmaganlarning yonidan jismoniy kuch ishlatganda shikast yetkazishi mumkin boʻlgan sovuq qurollar aniqlandi
2021-yil 27-dekabr Kattaqoʻrgʻon shahar IIB xodimlari tomonidan shaharning A.Temur koʻchasida ketayotgan fuqarolar toʻxtatilib tekshirilganda, Kattaqoʻrgʻon shahar Madrasa koʻchasida yashovchi 2007-yilda tugʻilgan (voyaga yetmagan) X.N. ning cho`ntagidan yigʻiladigan, jismoniy kuch ishlatganda shikast yetkazishi mumkin boʻlgan sovuq qurol “bita” borligi, Kattaqoʻrgʻon tumani Kattakoʻrpa qishlogʻida yashovchi 2005-yilda tugʻilgan (voyaga yetmagan) M.B.ning chuntagida esa “kastet” sovuq quroli borligi, Kattaqoʻrgʻon shahar Qoriravot MFYda yashovchi 2006-yilda tugʻilgan (voyaga yetmagan) N.J.ning maktab sumkasida 50 dona pirotexnika vositalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Shu oʻrinda hurmatli ota-onalarga murojaat qilib, farzandlarining tarbiyasiga eʼtiborli boʻlishlarini soʻraymiz.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati