Kattaqo‘rg‘on shahrida joriy yilning 5 oyi davomida sodir etilgan jinoyatlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusidagi vazifalar muhokama etildi
Kattaqo‘rg‘on shahrida joriy yilning 5 oyi davomida sodir etilgan jinoyatlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusidagi vazifalar muhokama etildi
Kattaqo‘rg‘on shahar hududida kriminogen vaziyatni barqaror saqlash, jamoat va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida joriy yilning 5 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar shahar sektor rahbarlari ishtirokida muhokama qilindi.
Joriy yilning 5 oyi davomida hududda qasddan odam o‘ldirish, bosqinchilik, talonchilik, nomusga tegish va transport vositasini olib qochish kabi o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lsa, oldini olish mumkin bo‘lgan qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish, o‘g‘irlik, firibgarlik, o‘lim bilan tugamagan yo‘l transport hodisalari jinoyatlar o‘tgan yilga nisbatan ko‘paygan.
Sodir etilgan barcha jinoyatlar shahar sektor rahbarlari tomonidan atroflicha muhokama qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilandi.