15 Aprel 2025 yil 286

Kattaqo‘rg‘on shahar IIB shaxsiy tarkibi bilan "xodimlarning ijtimoiy va shaxsiy masalalari bo‘yicha" sayyor qabul o‘tkazildi

Viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Umid Utayev tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahar IIB shaxsiy tarkibi bilan "xodimlarning ijtimoiy va shaxsiy masalalari bo‘yicha" sayyor qabul o‘tkazildi.

Xodimlar xizmat olib borishi davomida yuzaga kelayotgan muammoli masalalar yuzma-yuz qabul davomida tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, xodimlarning xizmatdan tashqari vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning oilaviy totuvligini ta’minlash bo‘yicha ham bir qator vazifalar belgilab olindi.


Text to speech