Kattaqo‘rg‘on tumani 3-sektor hududida “Sektorlar faoliyatini sifat jihatidan yaxshilash hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi mazusida” seminar o‘tkazildi
Kattaqo‘rg‘on tumani 3-sektor hududida “Sektorlar faoliyatini
sifat jihatidan yaxshilash hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida
amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligi mazusida” seminar o‘tkazildi.
Unda viloyat IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari Rahmat Mamatov,
Kattaqo‘rg‘on tuman hokimi, viloyat xalq qabulxonasi mudiri, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
Samarqand viloyati filiali mutasaddilari, shahar va tumanlar IIB boshliqlari
ishtirok etdi.
Seminarda ta’kidlandiki, aholiga qulay sharoitlarni yaratib
berish va ularning mavjud muammolariga beparvo bo‘lmaslik lozim. Fuqarolar roziligiga
erishish har bir sektor rahbarining ustuvor vazifasiga aylanishi kerak.
Kattaqo‘rg‘on tuman 3-sektor misolida qilingan amaliy
ishlar taqdimotda aks etdi. Seminar ishtirokchilari sektor faoliyati bilan, bu yerdagi
qulay ish sharoitlari bilan tanishishdi. Sektor a’zolarining kunlik ishlari, aholiga
ko‘rsatilgan amaliy yordamlari borasida suhbatlashildi.
Viloyat IIB boshqarmasi
boshlig‘i sektorlar faoliyatini yanada rivojlantirish borasida zaruriy tavsiya va
ko‘rsatmalar berdi.
Shuningdek, seminar
doirasida tumandagi Qoradaryo mahalla fuqarolar yig‘inining yangi binosi foydalanishga topshirildi. Ezgu niyatlar
ila mahalla hududiga mevali daraxtlar ekildi.