20 Mart 2024 yil 642

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Xondamir Umarov Kattaqo‘rg‘on tumanidagi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Xondamir Umarov Kattaqo‘rg‘on tumanidagi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot doirasida yoshlarning orzu-istaklari, turli ko‘rinishdagi masala va muammolari eshitildi. Yuzma-yuz suhbat davomida yoshlardan ishga joylashish, uy-joy, avtomobil yuvish va ta’mirlash  uchun uskuna olish, fuqarolik pasporti hamda imtiyozli kredit olish borasidagi bir qator  murojaatlari tinglandi. 

Ularni turli yot oqimlar ta’siridan asrash, terrorizm va jinoyatchilik ta’siriga tushib qolmaslik, o‘qib bilim olishlari, kasb-hunar egallashi ustuvor vazifa ekanligi ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida yoshlarning aniqlangan masala va muammolarini tizimli ravishda bartaraf etish borasida soha mas’ullariga vazifalar yuklatildi. 

Bu kabi uchrashuvlar boshqa hududlarda ham davom etmoqda.

Text to speech