O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining kunduzgi ta’lim shakliga o‘qishga qabul qilish boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar
vazirligi Akademiyasining kunduzgi
ta’lim shakliga 2025/2026-o‘quv
yili uchun o‘qishga hujjat
topshirish istagida bo‘lgan,
Samarqand viloyatida doimiy
ro‘yxatda turib, yashab kelayotgan, yoshi
17 dan kichik (qabul yilida 17
yoshga to‘ladiganlar) va 25 dan
katta bo‘lmagan, shu jumladan,
25 yoshdagi umumiy o‘rta,
o‘rta-maxsus va professional
ma’lumotga ega fuqarolar 2024-yilning
15-noyabr kunidan 2025-yilning
15-fevral kuniga qadar Samarqand
viloyati Ichki ishlar boshqarmasi
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar
bilan ta’minlash xizmati hamda
shahar-tuman Ichki ishlar bo‘limlarining
kadrlar bilan ta’minlash
guruhiga murojaat etishlari mumkin.
Bunda, erkak nomzodning
bo‘yi 165 santimetrdan, ayol
nomzodning bo‘yi 160
santimetrdan past bo‘lmasligi
talab etiladi.
Akademiyada o‘qish muddati
3 yil bo‘lib, ichki ishlar organlarining
quyidagi mutaxassislarni tayyorlab beradi:
- Tezkor-qidiruv faoliyati;
- Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati;
- Ekspert-kriminalistika faoliyati;
- Jinoiy jazolarni ijro etish faoliyati;
- Probatsiya faoliyati;
- Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-
psixologik ta’minlash faoliyati;
- Tashkiliy-shtab yo‘nalishlari bo‘yicha.
O‘qishni tamomlagan kursantlarga
yurist malakasi va leytenant
maxsus unvonlari beriladi.
Akademiyaga o‘qishga qabul qilish
tanlov, teng huquqlilik va qabul
qilishning yagona qoidalari asosida
amalga oshirilib, u o‘z ichiga dastlabki
tanlov, maxsus kasbiy tanlov va
yakka tartibdagi yakuniy suhbatni oladi.
Bir bosqichdan muvaffaqiyatli o‘ta
olmagan nomzodlar keyingi
bosqichga qo‘yilmaydi.
Dastlabki tanlov o‘z ichiga hujjatlarni to‘plash,
o‘rganish va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish
jarayonlarini olib, ichki ishlar
organlari tomonidan amalga
oshiriladi.
Maxsus kasbiy tanlov o‘z ichiga
hujjatlarni o‘rganish, tibbiy ko‘rikdan
o‘tkazish, yozma ish, umumjismoniy
tayyorgarlik darajasini baholash va
chet tillarini o‘zlashtirganlik
darajasini baholash jarayonlarini
olib, Akademiyada qabul
komissiyasi tarkibiga kiritilgan
mutaxassislar tomonidan
amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi yakuniy suhbat
o‘z ichiga Huquqshunoslik,
O‘zbekiston tarixi va Tarbiya fanlaridan
nomzodlarning bilimini
baholash jarayonlarini olib,
akademiyada qabul komissiyasi
tomonidan amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun telefon
raqamlari: 66-223-57-74.
Manzil: Samarqand shahar,
Bo`stonsaroy ko‘chasi, 89-uy.
Mo‘ljal: (Samarqand Davlat
chet tillari instituti yonida)
Viloyat IIB Axborot xizmati