“Keksalar haftaligi” tadbiri davom etmoqda
Mamlakatimizda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan keksa avlod vakllarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, shuningdek yosh avlodni xalqimizning koʻp asrlik anʼanalarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash ishidagi rolini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentabrdagi 816-sonli Qarori bilan har yili oktyabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilangan. Shunga koʻra, joriy yilning 4-10-oktyabr kunlari “Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish —xalqimizga xos ezgu fazilat” gʻoyasi ostida Ishtixon tuman IIB boshligʻining Maʼnaviy- maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari mayor A.Yulchiyev tomonidan Ishtixon tumanida yashovchi 1928-yilda tugʻilgan onaxonlarimiz O.Rustamova, 1928-yilda tugʻilgan I.Kubayevalar hamda 1930-yilda tugʻilgan otaxonimiz Ya.Usmonovlarning yashash xonadoniga borib holidan xabar olindi.
Bu kabi tadbirlar viloyat boʻylab davom etmoqda.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati