3 Noyabr 2025 yil 95

«Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi» doirasida amalga oshiriladigan  tadbirlar yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi PQ–153-son qaroriga muvofiq, har yili noyabr oyi mamlakatimizda «Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi» sifatida belgilangan.

Ushbu oylik doirasida Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida «Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi» doirasida o‘tkaziladigan targ‘ibot tadbirlari yuzasidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi va viloyat prokuraturasi mas’ul xodimlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, blogerlar hamda jamoatchilik faollari ishtirok etib, aholi o‘rtasida kiberxavfsizlik va axborot madaniyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur oylik doirasida faol ishtirok etish, keng aholi hamda ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari orasida kiberjinoyatlarning turli usullari va ulardan himoyalanish yo‘llari haqida xabar berish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Bu kabi tashabbuslar fuqarolarimizning raqamli dunyoda ongli, mas’uliyatli va xavfsiz foydalanish madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.


Text to speech