Samarqand viloyatidagi ta’lim maskanlarida kibermadaniyatni yuksaltirish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda
Yurtimizda joriy yilning 1-noyabridan 30-noyabrigacha “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasida tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Mazkur oylik doirasida Samarqand viloyatidagi ta’lim maskanlari, oliy o‘quv yurtlari va mehnat jamoalarida keng targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
Bugun har bir fuqaroni internet ijtimoiy tarmoqlari orqali sodir etilayotgan kiberjinoyatlardan ogohlantirish va shu turdagi jinoyatlarning oldini olish eng dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Tadbirlarda Samarqand viloyati IIB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan bugun internetda uchrayotgan turli ko‘rinishdagi zararli ilovalar, firibgarlik usullari hamda ulardan qanday himoyalanish borasida barchaga keng ko‘lamli tushuntirishlar berilmoqda.