11 Sentyabr 2025 yil 340

“Xavfsiz kibermakon” oyligi doirasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Xavfsiz kibermakon” tezkor-profilaktik oyligi doirasida Samarqand viloyati IIB xodimlari tomonidan jamoat joylari, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Targ‘ibot tadbirlari davomida kiberjinoyatchilarning keng tarqalgan usullari, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish qoidalari hamda onlayn to‘lovlar va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish haqida tushuntirishlar berilmoqda.

Text to speech