25 Iyul 2025 yil 1898

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan kiberjinoyatlarga qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazida kiberjinoyatlarga qarshi profilaktik va mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga qaratilgan navbatdagi muhim tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir Samarqand harbiy prokuraturasi, Markaziy harbiy okrug kiberxavfsizlik markazi hamda Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi kiberxavfsizlik bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Tadbir doirasida “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” va “Siz kiberjinoyatlarga tayyormisiz?” kabi dolzarb mavzularda sohaga oid tajribali mutaxassislar tomonidan ma’ruzalar qilindi.

Tadbir ishtirokchilari korrupsiya va kiberjinoyatchilikning oqibatlari, ularning harbiy tizimga hamda davlatning axborot suverenitetiga tahdidi, shuningdek, ularning oldini olishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar va qonunchilikdagi muhim o‘zgarishlar bilan atroflicha tanishtirildi.


Text to speech