Kiberfiribgarlardan ogoh bo‘ling!
Narpay tumani “Narpay” mahallasida
yashovchi fuqaro Samarqand viloyati
IIBning 102 qisqa raqamiga murojaat
qilib, ijtimoiy tarmoqda o‘ziga notanish
bo‘lgan akkaunt egasi unga pullarni
ko‘paytirib berishini va’da qilganligi
va 4.700.000 so‘m miqdoridagi
pullarni firibgarlik yo‘li bilan
o‘zlashtirib olganini bildirib,
unga nisbatan qonuniy chora
ko‘rish hamda undan pullarini
qaytarib olishida amaliy
yordam so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan
O‘zbekiston Respublikasi
Jinoyat Kodeksining
168-moddasi 3-qismi bilan
jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan surishtiruv
harakatlari davomida mazkur
firibgarlik jinoyati Toshkent viloyati
Bekobod shahrida yashovchi
19 yoshli fuqaro tomonidan
sodir etilganligi aniqlanib,
u protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar, shaxsiy
ma’lumotlaringiz va pullaringizni
firibgarlarga o‘z qo‘lingiz bilan
berib qo‘ymang. Ogoh bo‘ling.