2 Iyul 2025 yil 160

Kiberfiribgarliklarga qarshi kurashishga qaratilgan manzilli targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda

Jamiyatda axborot texnologiyalari tobora keng qo‘llanilayotgan hozirgi kunda kiberfiribgarlikka qarshi samarali kurashish va fuqarolarning raqamli xavfsizlikka oid bilimlarini oshirish alohida dolzarblik kasb etmoqda.

Shu munosabat bilan, Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan hududdagi aholi gavjum manzilli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Mazkur tadbirlar doirasida jamoatchilik va keng aholi qatlamiga kiberfiribgarlik jinoyatlarining turlari, ulardan ehtiyotlanish usullari, shaxsiy ma’lumotlarni muhofaza qilish tartiblari va internet orqali amalga oshiriladigan qalloblik sxemalari haqida atroflicha ma’lumotlar berilmoqda.

Targ‘ibot jarayonida fuqarolarga sodda va tushunarli tilda tayyorlangan axborot varaqalari, bukletlar va flayerlar tarqatilmoqda. Ushbu materiallar orqali aholiga ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish, shubhali havolalar yoki shaxsiy ma’lumotlarni talab qiluvchi internet manbalarga ishonmaslik, shuningdek, har qanday kiberjinoyat alomatlariga duch kelinganda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish lozimligi to‘g‘risida tushunchalar berilmoqda.

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mazkur profilaktik tadbirlarni doimiy ravishda va bosqichma-bosqich tarzda amalga oshirib borish orqali aholining huquqiy ongi va axborot xavfsizligiga oid xabardorligini oshirishni maqsad qilgan.


Text to speech