7 Iyul 2024 yil 2185

Kiberxafvsizlik – shaxs va ma’lumot xafvsizligi

Bugun yurtimizda ham kiberjinoyatchilikning qurbonlari soni ortib bormoqda. Bu kabi holatlarning oldini olish, aholini hushyorlikka chaqirish maqsadida respublikamiz bo‘ylab, "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” o‘tkazilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Bulung‘ur tumanidagi 11-sonli Madaniyat uyida bo‘lib o‘tdi. Unda tuman sektorlari, viloyati IIB tezkor-qidiruv xizmati kiberxavfsizlik bo‘limi mas’ul xodimlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda mahalla yettiligi ishtirok etishdi.

Seminarda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha soha mutaxassislari tomonidan kiberjinoyatlarning turlari, virusli dasturlar, xakkerlik hujumlari, plastik kartochkalardan pul o‘g‘irlash kabi mavzular bo‘yicha tushunchalar berdi.

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: