“Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” kompleks targ‘ibot tadbirlari yuksak saviyada, yuqori darajada o‘tkazildi
Respublika
Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash
yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan “Fuqarolarning
kiberjinoyatlar qurboniga aylanishining oldini olish hamda kiberjinoyatlarga qarshi
kurashishda fuqarolarda “kibergigiena”ni shakllantirish” oyligini o‘tkazish bo‘yicha
targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilishi belgilab berilgan.
Shu maqsadda joriy yilning iyul oyida Respublika
bo‘ylab “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” kompleks targ‘ibot tadbirlari yuksak
saviyada, yuqori darajada o‘tkazildi.
Mazkur oylik doirasida Samarqand viloyatining shahar-tumanlarida ham sektor
rahbarlari va boshqa mas’ullar ishtirokida “Mahallabay”, “Xonadonbay”, “Fuqarobay”
tarzda targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi.
1-iyuldan 31-iyulga qadar, bir oy davom etgan “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” kompleks targ‘ibot tadbirlari davomida
ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aholi va yoshlar o‘rtasida kibermadaniyatni
yuksaltirishga bag‘ishlangan turli ko‘rinishdagi tanlovlar, dasturlar hamda ommaviy
tadbirlar tashkil etildi.
Samarqand shahridagi Yoshlar markazi binosida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi”
targ‘ibot tadbirlarining yakuni bo‘yicha taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda so‘zga chiqqanlar bugun internet rivojlangani sayin uning samarali
jihatlari bilan bir qatorda ayrim shaxslarning g‘arazli maqsadlarda foydalanishi
holatlari ham kuzatilayotganini ta’kidlab o‘tishdi. Ya’ni, internet orqali jinoyat
sodir etilishi va fuqarolarga nafaqat moddiy, balki ma’naviy zarar yetkazilish holatlari
ham uchrab kelmoqda.
Tadbir davomida ushbu holatlarning oldini olish va aholini ogohlikka chorlash
maqsadida o‘tkazilgan “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” doirasidagi targ‘ibot-tashviqot
va profilaktik tadbirlar, intellektual o‘yinlar hamda tanlovlar g‘oliblarini taqdirlash
marosimi o‘tkazildi.
Tibbiyot muassasasi xodimlari o‘rtasida “Firibgarlardan
ehtiyot bo‘ling”, bloger va jurnalistlar o‘rtasida “Eng yaxshi milliy kontent”, maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Al Xorazmiy avlodlari”, mahalla yettiligi
o‘rtasida “Eng faol mahalla”, to‘lov ilovalari va bank kartalaridan xavfsiz foydalanilishni
targ‘ib qiluvchi “Eng faol bank jamoasi”
tanlovi g‘oliblari aniqlandi va ular tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Shuningdek, tadbirlarni
o‘tkazishda faol ishtirok etgan barcha korxonalar va mutasaddi tashkilotlarga ham
minnatdorchilik bildirildi.
Kiberjinoyatlarning
oldini olish hamda aholini kiber olamdagi tahdidlar borasidagi immunitetini oshirish
maqsadida o‘tkazilgan mazkur yo‘nalishdagi targ‘ibot-tashviqot tadbirlari kelgusida
o‘z samarasini ko‘rsatishi shubhasiz