“Kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha ustuvor vazifalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-apreldagi qarori ijrosi yuzasidan joriy yilning 14-20-iyul kunlari Samarqand viloyatida “Kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot haftaligi tadbirlari o‘tkazilmoqda.
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida bo‘lib o‘tgan matyuuot anjumanida IIV Kiberxavfsizlik markazi hamda “Yagona umumrespublika protsessing markazi» AJ “Uzkard” mas’ul xodimlari tomonidan keyingi vaqtda kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlar, ularning oldini olish va fuqarolarning bu boradagi bilim va tushunchalarini oshirish yuzasidan keng tushuntirishlar berildi.
Tobora rivojlanib borayotgan axborot texnologiyalari hayotimizning barcha jabhalarida kompyuter va raqamlashtirilgan turli xil texnikalar va yangiliklarni omma orasiga olib kirmoqda. Mazkur yo‘nalishlar rivojlangani sari bundan noto‘g‘ri maqsadlarda foydalanuvchilar soni ham kun sayin ortib borayotgani sir emas.
Bugun sodir etilayotgan jinoyatlar orasida boshqalariga qaraganda internet va kompyuter texnologiyalari bilan bog‘liq jinoyatlar nisbati keskin oshib bormoqda.
Kiberjinoyatlarning oldini olish qolaversa aholini kiber makondagi tahdidlardan ogoh bo‘lishi borasidagi tushunchalarini oshirish maqsadida o‘tkazilayotgan mazkur yo‘nalishdagi targ‘ibot-tashviqot tadbirlari keng ko‘lamda davom etmoqda.