12 Iyun 2024 yil 1158

"Kiberjinoyatchilikning oldini olish" mavzusida davra suhbati o'tkazildi

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida talabalarning virtual muhitdagi kibertahdidlardan ogohligini oshirish hamda raqamli immunitetni shakllantirish maqsadida "Kiberjinoyatchilikning oldini olish" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Unda talabalarga Samarqand viloyati IIB kiberxavfsizlik bo'limi xodimlari hamda institut mas'ullari tomonidan plastik kartalarni boshqarishda, turli ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda va har qanday internet orqali bajariladigan faoliyat sohalarida ehtiyotkorlikni yuqori darajada tashkil etish borasida tegishli bilimlar berib o’tildi.

Shuningdek, tadbir davomida sohaga doir taqdimot materiallari va videorolik namoyish etildi.

Text to speech