“Kik-boks” bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda Samarqand viloyati IIBning 4 nafar xodimlari shoxsupaga chiqdi
“Kik-boks” bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda Samarqand viloyati IIBning 4 nafar xodimlari shoxsupaga chiqdi
2022 yilning 29 iyun kunidan 03 iyul kuniga qadar Toshkent shahrida sportning “Kik-boks” turi bo‘yicha o‘tkazilgan “UZBEKISTAN OPEN-2” halqaro musobaqasida Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadining bir guruh xodimlari ham munosib ishtirok
etishdi.
Jumladan, 91 kg vaznda ishtirok etgan katta serjant Zoxidjon Gaffarov, 75 kg vaznda serjant Jasur Istamov, 71 kg vaznda serjant Shaxriyor Naimov hamda 67 kg
vaznda serjant Buhzod Amanovlar faxrli uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Samarqand viloyati IIB rahbariyati va shaxsiy tarkibi musobaqada faol ishtirok etgan barcha sovrindor xodimlarni g‘alaba bilan muborakbod etadi!