Samarqand shahridagi tungi klub yonida sodir bo‘lgan janjal bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda
2025-yilning 25-iyul kunidan 26-iyul kuniga o‘tar kechasi Samarqand shahridagi tungi klublardan birining 2005-yilda tug‘ilgan ishchisi F.J. va Pastdarg‘om tumanida yashovchi 2006-yilda tug‘ilgan fuqaro D.P. o‘rtasida telefon orqali bo‘lib o‘tgan suhbat davomida D.P. tungi klub ishchisini haqorat qilgan va natijada o‘rtalarida kelishmovchilik kelib chiqqan.
Shundan so‘ng, D.P. o‘zining bir nechta sheriklari bilan ushbu tungi klubga kelib, F.J. bilan gaplashib olish maqsadida uni tashqariga olib chiqqan va kelib chiqqan o‘zaro janjal davomida uni urib tan jarohati yetkazgan.
Hozirda janjalga aloqador barcha fuqarolarining shaxsiga aniqlik kiritilgan bo‘lib, Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati