28 Iyun 2025 yil 365

Koreya Respublikasi Milliy politsiya agentligi delegatsiyasi Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga tashrif buyurdi

Koreya Respublikasi Milliy politsiya agentligi Xalqaro hamkorlik byurosi direktori, general-mayor Li Chjun Xyon (Lee Junh Hyeong) boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga keldi.

Uchrashuv doirasida jinoyatchilikka qarshi kurash, xususan kiberjinoyatlarning oldini olish, ushbu yo‘nalishdagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama etildi. Shuningdek, xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxslarni aniqlash va ularni topish borasidagi ikki tomonlama hamkorlik yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Tashrif davomida mehmonlarga Samarqand shahrida xavfsiz turizmni ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, jumladan, zamonaviy texnologiyalar joriy etilishi, turistlar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tizimlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Text to speech