Korrupsiya – taraqqiyot dushmani
9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni
Korrupsiya – taraqqiyot dushmani
IIV “Samarqand” Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taminlash boʻyicha alohida batalyonida 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Samarqand harbiy prokuraturasi xodimlarini jalb qilgan holda “Korrupsiya taraqqiyot dushmani” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Unda taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qoʻyayotgan Oʻzbekiston uchun korrupsiyaning har qanday koʻrinishi islohotlar shiddatini susaytirishi bilan xavfli ekanligi taʼkidlandi. Soha mutaxasislari harbiy xizmatchilarning huquqiy savodxonligini yanada boyishiga xizmat qiluvchi mavzularga alohida toʻxtaldi. Shuningdek, “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining mazmun-mohiyati tushuntirib oʻtildi.