9 Fevral 2024 yil 1122

Ko‘rgazmali tadbir o‘tkazildi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida ko‘rgazmali tadbir o‘tkazildi.

Respublikamiz xududiga qoʻshni davlatlardan noqonuniy ravishda qurol-yarogʻ, portlovchi va giyohvand moddalarning olib kirilishiga yoʻl qoʻymaslik va oʻz vaqtida ularni aniqlashda kinolog xodimlar va ularga biriktirilgan “portlovchi” va “giyohvand” moddalarni qidirib topish yoʻnalishi boʻyicha oʻrgatilgan xizmat itlarining oʻrni katta.

Universitet ochiq sport maydonida Samarqand viloyati IIB jamoat xavfsizlik xizmati, jamoat tartibini saqlash boshqarmasi kinologiya boʻlimi xodimlari tomonidan “Biz yoshlar jinoyatchilik va giyohvandlikka qarshimiz” shori ostida oʻtkazilgan tadbirda oʻrgatilgan xizmat itlarining chiqilari yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Text to speech