Kun.uz saytida “Sharmandali qaroqchilik davom etyapti. Hokimlar va IIB klasterlarga sotilganmi?” sarlavhasi ostida eʼlon qilingan materialda keltirilgan Samarqand viloyati bilan bogʻliq holati yuzasidan
2022-yil 29-sentyabr kuni IIBga “Payariq klaster” masʼullari hamda tumanning “Oqqush dalasi” Fermer xoʻjaligi raisi oʻrtasida fermer xoʻjaligiga qarashli paxta maydonidan terilgan 3 tirkama paxtani “Chelak paxta qabul qilish punkti”ga topshirmay hovlisida saqlab kelayotganligi masalasida kelishmovchilik yuzaga kelganligi boʻyicha murojaat kelib tushgan.
Murojaat yuzasidan oʻrganish olib borish davomida holatga aniqlik kiritish maqsadida taraflar IIB binosiga olib kelinib, holat rasmiylashtirilayotgan vaqtida fermer xoʻjaligi raisi 1995-yilda tugʻilgan E.D. IIB xodimlariga faol qarshilik koʻrsatib, ularning qonuniy talablariga boʻysunmay, janjal koʻtargan.
Voqea joyi IIV SHXBB Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi, Payariq tumani prokuraturasi tomonidan koʻzdan kechirilib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.
Hozirda fermer xoʻjaligi raisi E.D.ning ichki ishlar organlari xodimlariga qarshilik koʻrsatganligi yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Shu oʻrinda aytmoqchimizki, ichki ishlar organlari paxta mavsumi davomida jamoat tartibini saqlash, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, paxtani talon-toroj qilinishini oldini olish kabi vazifalarni bajaradilar.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati