10 Noyabr 2025 yil 448

Samarqand viloyati IIB xodimi yunon-rum kurashi bo‘yicha chempionlikni qo‘lga kiritdi 

Toshkent shahridagi Olimpiya shaharchasida yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada mamlakatning turli hududlaridan 200 nafarga yaqin mahoratli kurashchilar g‘oliblik uchun bahs olib borishdi. Bellashuvlar yakuniga ko‘ra, 5 ta vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimi Islomjon Bahromov 63 kilogramm vazn toifasida chempionatning oltin medali sohibi bo‘ldi.

Samarqand viloyati IIB jamoasi hamkasbimizni ushbu yutuq bilan tabriklab, kelgusidagi faoliyat va sport musobaqalarida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.


Text to speech