20 Avgust 2025 yil
52
Sportning "Kurash" turi bo‘yicha "Dinamo" kubogi uchun birinchilik musobaqasi o‘tkazildi
"Dinamo" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Samarqand viloyati Kengashining taqvim-rejasiga asosan huquq-tartibot organlari xodimlari va harbiy xizmatchilar o‘rtasida sportning "Kurash" turi bo‘yicha "Dinamo" kubogi uchun birinchilik musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada viloyatdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari va harbiy xizmatchilari o‘zaro kuch sinashishdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra faxrli 1-o‘rinni Samarqand viloyati IIB jamoasi, 2-o‘rinni viloyat FVB jamoasi va 3-o‘rinni esa Milliy gvardiya jamoasi egallashdi.
G‘oliblar diplom, medal va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.