24 Sentyabr 2022 yil 538

“Lacetti” hamda “Equihox” oʻrtasida sodir boʻlgan YTHda bir nafar inson vafot etdi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

2022-yil 18-sentyabr kuni soat taxminan 15:30 larda Samarqand shahar Davlatshoh Samarqandiy mahallasi hududidagi Shabbod koʻchasi bilan Minsk koʻchalari kesishgan chorrahada,
Jomboy tumani Samarqand maxallasida yashovchi, 1991-y.t. A.A. boshqaruvida boʻlgan “Lacetti” rusumli transport vositasi haydovchisi yoʻl bermasdan chap tomonga burilishni amalga oshirayotganda, oʻz yoʻnalishida qarama-qarshi tomondan yuqori tezlikda harakatlanib kelayotgan, Samarqand shahar Ibn Sino mahallasida yashovchi, 1991-y.t. S.A. boshqaruvida boʻlgan “Equihox” rusumli avtomashinani yoʻnalishiga chiqib ketishi oqibatida YTH sodir boʻlgan.

YTH oqibatida “Lacetti” rusumli avtomashina salonida boʻlgan yoʻlovchi M.Sh. hodisa joyida vafot etgan. Qolgan yoʻlovchilar tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan 2022-yil 18-sentyabr kuni Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ushbu jinoyat YHXB rahbariyati ishtirokida muhokama qilingan.

Text to speech