O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetiga (serjantlar tarkibini tayyorlash dasturi asosida) o‘qishga nomzodlar tanlovi e’lon qilinadi
Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Ichki
ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining
kasbiy tayyorgarlik fakulteti “Yo‘l-patrul
faoliyati” yo‘nalishiga bo‘yi 175 sm past
bo‘lmagan, “Jamoat tartibini saqlash
faoliyati”, yo‘nalishiga bo‘yi 170 sm past
bo‘lmagan, “Pasport tiziminita’minlash”
hamda “Maxsus operatsiyalarini amalga
oshirish faoliyati” yo‘nalishlariga bo‘yi
165 sm past bo‘lmagan, o‘qishga oliy
ma’lumotli (fakultet yo‘nalishlariga
nomzodlarni oliy ta’lim muassasasini
tugatgan mutaxassisligi inobatga
olingan (“Maxsus operatsiyalarini
amalga oshirish faoliyati” yo‘nalishiga
bundan mustasno) holda ichki ishlar
organlari uchun belgilangan talablar
asosida qabul qilinadi) yoshi 18 dan
kichik, 30 dan katta bo‘lmagan,
muddatli harbiy yoki safarbarlik
chaqiruvi rezervi asosida harbiy
xizmatni o‘tagan Samarqand viloyati
hududida doimiy ro‘yxatda turgan
nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.
Nomzodlar o‘zlari bilan quyidagi
hujjatlarni olib kelishlari so‘raladi:
fuqarolik pasporti;
harbiy guvoxnoma asl nusxasi;
bakalavr diplomi asl nusxasi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV
Malaka oshirish institutining kasbiy
tayyorgarlik fakultetiga o‘qishga kirish
istagida bo‘lgan nomzodlar 2024-yilning
16-dekabrdan –2025-yilning 16-yanvar
kuniga qadar Samarqand viloyati Ichki
ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmatiga
yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar bilan
murojaat qilishlari mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun
telefon raqamlari:
(66) 223-57-74
Viloyat IIB Axborot xizmati