Mahalla “yettiligi” uchun seminar tashkil etildi
Kattaqo‘rg‘on tumanida respublika ishchi guruhi bilan hamkorlikda Mahalla “yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.
Seminarda Ichki ishlar vazirligi huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Baxtiyor Berdialiyev, tuman hokimi Jamshid Nasriddinov, sektor rahbarlari, tegishli mas’ullar, ma’ruzachilar, mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, profilaktika inspektorlari, yoshlar yetakchilari, mahalla soliqchilari ishtirok etdi.
Unda ma’ruzachilar “yettilik” va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda yoshlar bandligini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, xotin-qizlar faollarining vazifalari, hududdagi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘rganish hamda hal etilishiga ko‘maklashish, profilaktika inspektorlarining mahallalarda olib boradigan asosiy ishlari, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, soliq xodimlariga mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirishga hamda o‘zini o‘zi band qilganlarga kichik biznes toifasiga o‘tishga ko‘maklashish, ijtimoiy xodimlarga yolg‘iz keksa, nogiron va boshqa muhtojlarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish kabi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan zaruriy tavsiya va tushunchalar berildi.
Seminar so‘ngida, Respublika ishchi guruhi va tuman hokimligi tomonidan har sohada namuna ko‘rsatgan Qumoq hamda Balandravot mahallasi beshligi 1.500.000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.