28 Aprel 2025 yil 55

Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov Pastdarg‘om tumanidagi kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan hududlarni o‘rgandi. 

Tumanning Amir Temur mahallasida hudud tinchligi va osoyishtaligi yuzasidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishar ekan, mahallada jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, bu bo‘yicha qilinayotgan ishlarga e’tibor qaratdi. 

Keyingi manzil tumanning Qatorterak mahallasi bo‘ldi. Ushbu hududda Boshqarma boshlig‘i mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. 

Mahallada yangidan qurilayotgan huquq-tartibot maskanidagi jarayonlar bilan ham tanishib, o‘zining taklif va ko‘rsatmalarini berib o‘tdi .


Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati


Text to speech