4 Sentyabr 2025 yil 1004

Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar manzilli o‘rganildi

Samarqand viloyati IIB boshlig‘i general-mayor Toxir Aripov tomonidan Samarqand tumanidagi “Yangiariq”, Pastdarg‘om tumanidagi “Kamolot” hamda Samarqand shahrining “Sayqal”, “Rasadxona”  va Bahodir Yalangto‘sh mahallalarida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikni jilovlash borasidagi ishlar o‘rganildi.

Bugun joylarda aholining muammolarini o‘rganish barobarinda, xalq bilan yanada yaqinlashib, mavjud masala va kamchiliklarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i hududlarga borib, u yerdagi kirminogen vaziyat, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar bilan tanishdi.

Boshqarma boshlig‘i mazkur mahallalarda “xavfsiz hudud” tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar bilan tanishar ekan, mahalla yettiligi bilan o‘zaro muloqot doirasida hamkorlikdagi ishlarni kuchaytirish, faoliyatda aniq rejalar ishlab chiqish, muammolarni xonadonbay o‘rganish lozimligini ta’kidladi.

Shuningdek, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar ham tahlil qilindi. 

Har bir mas’ul hudud osoyishtaligi va fuqarolar xavfsizligiga to‘g‘ri yondashib, vijdonan xizmat olib borishi ham aytilib, mahalla yettiligi va rahbarlarga bu borada kerakli maslahat va tavsiyalar berildi.

Text to speech