Makkajoʼxori orasida yashiringan 18 tup “kannabis”
2021 yil 17 avgust kuni soat 15:00 larda Pastdargʼom tuman IIB JQB va XPB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan “Qoradori-2021” maxsus profilaktik tadbiri davomida 38 yoshli А.E. doimiy yashab kelayotgan Pastdargʼom tuman “А.Navoiy” mahallasida joylashgan yashash xonadonida 0,5 kv metr maydonda ekilgan makkajoʼxori ichida jami 18 tup oʼtkir hidli, mayda bargli “kannabis” oʼsimligiga oʼxshash oʼsimlik yetishtirib kelinayotganligi aniqlanib, ushbu oʼsimliklar protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Samarqand viloyati IIB EKB maʼlumotnomasiga koʼra, ushbu 18 tup hoʼl holatdagi oʼsimlik tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud boʼlib “kannabis” oʼsimligi turiga kirishligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Pastdargʼom tumani IIB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan А.E., ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.