19 Sentyabr 2024 yil
479
MAKONNI QO‘RIQLASH – BOSH MAQSADIMIZ!
Ushbu ibora yillar davomida shiorga aylanib ulgurgan.
Buni Samarqand viloyati IIB safdor xodimi Faxriddin Shonazarov misolida ko‘rish mumkin.
Kamtar va kamsuqum Faxriddin Shonazarov 18 yildirki ichki ishlar organlarining qo‘riqlash tizimida xizmat qilib kelmoqda.
“Bu ishlarni bajarish – men uchun sharaf” deydi u o‘z so‘zida.
Yillar davomida kun sayin ortib borgan tajriba albatta o‘z natijasini ko‘rsatadi.
Uch farzandning otasi Faxriddin Shonazarov bugun ham Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi binosini qo‘riqlashda samarali xizmat olib bormoqda.