Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yillik tantanalarini samarqandliklar o‘zgacha kayfiyat va ko‘tarinkilik bilan nishonlamoqda
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Umid Utayev ichki ishlar tizimining faxriy xodimlari Mamayusuf Jo‘raqulov hamda Mirkamol Raxmatovlarning yashash xonadonida bo‘lib, qutlug‘ ayyom bilan samimiy tabrikladi.
Uchrashuv davomida boshqarma boshlig‘i faxriylarga Yurtboshimiz hamda Ichki ishlar vazirining bayram tilaklarini yetkazdi.
Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yillik tantanalarini samarqandliklar o‘zgacha kayfiyat va ko‘tarinkilik bilan nishonlamoqda.
Borini berib, o‘z kasbiga sadoqat va sidqidildan xizmat qilish har bir insonga faxr va iftixor bag‘ishlaydi. Ana shunday fidoyi va jonkuyar faxriylar har vaqt ham el ardog‘ida bo‘lishadi.
Nafaqa gashtini surayotgan faxriylar ham o‘z navbatida bu kabi e’tibordan minnatdorchiligini bildirdi.
Shuningdek, bir guruh ichki ishlar organlari marhumlarining xonadonlariga borilib, oila a’zolaridan hol so‘ralib, bayram bilan qutlandi.
Mustaqilligimizning 33 yillik shodiyonalari yurtimizning barcha go‘shalarida ko‘tarinkilik bilan davom etmoqda.