Ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul xodim barchaga o‘rnak bo‘lishi lozim
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Umid Utayev ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati xodimlari bilan joriy yil 3 oyi yakunlariga bag‘ishlangan muhokamaviy yig‘ilish o‘tkazdi.
Unda ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati xodimlari, shahar-tuman IIB boshliqlarining o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.
Tadbirda sohaning har bir xodimi xizmat intizomi va qonuniylikka amal qilishi, korrupsiyaning oldini olish, ta’magirlikka yo‘l qo‘ymaslik, belgilangan tartib va me’yorlarni buzmaslik to‘g‘risida ham fikrlar bildirildi.
Sohadagi dolzarb masalalar, yo‘l qo‘yilayotgan xato-kamchiliklar atroflicha tahlil qilindi.
Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul xodim har jabhada barchaga o‘rnak ko‘rsatishi lozimligini ta’kidladi.