14 Aprel 2025 yil 450

“Ma’naviyat oyligi” doirasida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda kuch tuzilmalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi

 “Ma’naviyat oyligi” doirasida Samarqand viloyati IIB hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Samarqand viloyati kengashi mas’ul xodimlari tashabbusi bilan viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda kuch tuzilmalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. 

Munozaralarga boy bo‘lgan o‘yin natijasiga ko‘ra, uchinchi o‘rinni Samarqand viloyati IIBning “Yurt posponlari” jamoasi, ikkinchi o‘rinni IIV Samarqand akademik litseyi jamoasi va birinchi o‘rinni Markaziy harbiy okrugning “Jaloliddin izdoshlari” jamoasi qo‘lga kiritdi.

G‘olib jamoalar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.


Text to speech