7 May 2024 yil 1118

Maqsad oilalar barqarorligi

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi va tuman ichki ishlar bo‘limi mas’ullari xotin-qizlar bandligini ta’minlash maqsadida vakant ish o‘rinlari mavjud bo‘lgan “Baxt” mas’uliyati cheklangan jamiyati va “Amin invest international” qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishishdi. Xodimlar uchun mavjud sharoitlar o‘rganildi.

Shuningdek, o‘zini-o‘zi band qilish tartibida faoliyat yuritayotgan ayollar, xususan pillakorlar bilan uchrashib, suhbatlashildi.

“Turmush” profilaktik tadbiri doirasida Qo‘lbosti mahallasidagi ijtimoiy uyda yashovchi oilalar bilan muloqot qilindi. Uchrashuvda yashash sharoitlari, muammolari o‘rganilib joyida bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Text to speech