3 Yanvar 2023 yil 600

Mastlik oqibatidagi janjal oʻlim bilan yakun topdi

Bulungʻur tumanida tugʻilgan, M.U. 2022-yil 10-iyun kuni soat 09.20 da Bulungʻur tumani, Choʻyantepa mahallasi hududida joylashgan “Juma” nomli bozor tashqi tomonidagi savdo doʻkonlari oldida spirtli ichimlik isteʼmol qilgan mastlik holatida boʻla turib, ushbu yerda hamqishlogʻi M.A. bilan oʻzaro gap talashib, bir-birlarini nojoʻya soʻzlar bilan haqorat qilishib, oʻrtalarida kelishmovchilik kelib chiqqan.

Janjalda M.U. M.A.ning yuz sohasiga bir necha marotaba qoʻli bilan qasddan urib-doʻpposlab, uni yiqitib, unga ogʻir tan jarohati yetkazganligi oqibatida, u 2022-yil 13-iyun kuni Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Samarqand filialida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib tergov harakatlari olib borilib, qonun ustuvorligi, jazoning muqarrarligi taʼminlangan.

Abubakr Baltayev, IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boʻlinma boshligʻi.

Text to speech