14 Sentyabr 2024 yil
64
Mazkur ma’muriy binolarning qurilishi yakunlanib, ishga tushgandan so‘ng aholiga xizmat ko‘rsatish sifati ham oshadi
Samarqand viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov Payariq hamda Oqdaryo tumanlarida bo‘lib, tuman ichki ishlar bo‘limlari uchun qurilayotgan yangi ma’muriy binolarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Mazkur ma’muriy binolarning qurilishi yakunlanib, ishga tushgandan so‘ng aholiga xizmat ko‘rsatish sifati ham oshadi.
Jarayonlar asnosida ishni tezkor va sifatli tashkil etishga ahamiyat qaratish zarurligi qayd etildi.
Boshqarma boshlig‘i quruvchi va mas’ullar bilan uchrashib, qurilishi borasida qilinishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan o‘zining taklif va tavsiyalarini berdi.