31 Dekabr 2022 yil 651

Mehnat fahriylariga Muhtaram Prezidentimizning tabriklari yetkazildi

Bukilmas iroda va matonat namunasini amalda namoyon etib, oʻz hayotini Vatanimizning har tomonlama ravnaq topishiga baxsh etib, ezgu ishlarda tashabbuskor boʻlgan keksalarni eʼzozlash, ularga ehtirom koʻrsatish orqali shukronalikni his etasan kishi. Bu esa har bir insonni elu yurtga sadoqat bilan xizmat qilishga undaydi.

Zaynab Haydarova Narpay tumani Mangʻit mahallasida yashaydi. Bugan Zanab opani nafaqat tuman, viloyat balki respublikada ham ilgʻor fermer sifatida yaxshi tanishadi. Yangi yil bayrami oldidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Rahmat Mamatov, Narpay tuman hokimi, keng jamoatchilik vakillari 8 farzand, 30 nafar nabiralar ardogʻida baxtli umr kechirayotgan Zaynab Haydarova xonadonida boʻldilar. Viloyat 3-sektor rahbari Rahmat Mamatov Prezidentimizning Zaynab opaga yoʻllagan tabrigini oʻqib eshittirdi va bayram sovgʻalarini topshirdi.

-Keksalikning gashti boʻlakcha ekan. 70 dan oshgan boʻlsam-da hali bardamman. Bayramlarda xonadonimiz nurga toʻlib ketadi. Yoʻqlovchilar, hol soʻrovchilarning keti uzilmaydi. Har kuni televizorda yurtimizda boʻlayotgan ulkan oʻzgarishlarni koʻrib quvonaman va men ham yurtimiz ravnaqi yoʻlida mehnat qilishga, hamisha shayman,- dedi Zaynab opa.

Shuningdek, Paxtachi tumanida yashovchi Norxol Qurbonovani ham bayram bilan tabriklashdi. Onaxon uzoq yillar dala ishladi, yer bilan tillashib, bozorlarimiz rastasini poliz ekinlari bilan taʼminlashga hissa qishdi. Boshqarma boshligʻi Prezident tabrigini oʻqib berarkan, ayaning koʻzlari sevinchga toʻldi. Shukronalik ila duoga qoʻl ochdi.

-Vatanga fidoyilik, burchga sadoqat, yurtni sevish. Ana shunday ezgu maqsadlar yoʻlida mehnat qilgan har bir inson maqsadiga erishadi. Shukr, farzandlarim oliy maʼlumotli, oʻzlaridan koʻpayib nabira, evara va chevaralarim bor. Ular borki, men hayotman. Orzu-umidlar ularning kamolida davom etayapti. Meni eʼzozu ardoq ila qadrlashadi. Doimo duoda boʻlib ularning iqbolini soʻrab yashayapman,-dedi Norxol aya.

Keksalarning purmaʼno soʻzlarida hikmat bor. Zero, ularning ibratli umr yoʻllari yoshlar uchun yurtga xizmat qilishning yorqin ifodasidir.

Dilkash diydor lahzalari samimiyatga oshufta suhbatlar ila unutilmas boʻldi. Duolarda tinchlik, farovonlik abadiy boʻlishi niyat qilindi.

Umida Mamadaliyeva

Text to speech